
Qisqa vloglar tayyorlashga kirishdim. Birinchi mavzu hozir eng dolzarb bo’lgan masala haqida: Koronavirus immigratsiya jarayoniga qanday ta’sir qilmoqda? AQShdagi o’zbekistonlik vatandoshlar pandemiya davrida nimalarga e’tibor berishlari kerak? USCIS, ya’ni AQSh immigratsiya idoralari yopilishi tufayli bekor qilingan suhbatlar taqdiri nima bo’ladi? Bu jarayonda USCISni yangi manzil haqida xabardor etishning ahamiyati nimada? Koronavirus sababli davlat dasturlaridan foydalangan kishilar kelajakda davlat zimmasiga yuk, deb topilishi mumkinmi? Aviaqatnovlarning to’xtatilishi tufayli viza muddati davomida AQShni tark etolmayotgan vatandoshlar qanday choralar ko’rishlari kerak?
Be the first to comment