
14-noyarbda quyidagi masala bo’yicha so’rovnoma o’tkazgan edim: Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmay, AQSh pasporti bilan birga Oʻzbekistonga sayohat qilganingiz uchun qiyinchiliklar boʻldimi?
Jami 146 kishi ovoz berdi—sizga KATTA RAHMAT! Very, very much appreciated! 🙏
Natijalar men kutganimdek bo’lmadi. Aksar ko’pchilik muammo bo’lmadi, deb ovoz berishini kutgan edim. Ko’rib turganingizdek, natija 58/42. To’g’ri, ko’pchilik (58%) #IkkiFuqarolik bilan, ya’ni ikki pasport bilan O’zbekistonga sayohat qilgani uchun hech qanday qiyinchilik bo’lmaganini aytsa, 42% qiyinchilikka yo’liqqanini aytdi. Bu esa katta ko’rsatkich. Hozircha muammolarga aniqlik kiritish imkoni bo’lmadi.
Xo’sh, so’rov natijalariga ko’ra qanday xulosalar chiqarish mumkin:
[1] Ikki pasportga, hususan AQSh va O’zbekiston pasportiga ega bo’lgan fuqarolarning ko’pchiligi O’zbekistonga bemalol borib kelayapti. Shuning uchun qo’rqmasdan bemalol sayohat qilavering;
[2] Qiyinchiliklar bo’ldi deganlarning soni katta, ammo ular jiddiy jazoga tortilgan deb o’ylamayman. Nazarimda qiyinchiliklar ko’proq byurokratik-ma’muriy xarakterga ega bo’lgan;
[3] Amaldagi #qonunchilik’da O‘zbekiston fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligi tan olinmaydi, deb belgilangan xalos. Ammo boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan kishi ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi, ma’nosida hech qanday qonun-qoida yo’q;
[4] So’rovga bildirilgan munosabatlar va menga ko’p beriladigan savollardan shu ayonki, #TashqiIshlar, #IchkiIshlar vazirliklari, #elchixona va #konsulliklar #Fuqarolar orasida ko’proq tushuntirish ishlari olib borishi kerak. Ikkinchi fuqarolikni qabul qilganimni hukumat bilsa, meni qamab qo’yadi yoki sayohat qilsam ham, ikkinchi fuqarolikni bildirmasligim kerak, deb o’ylaydigan minglab o’zbekistonliklar bor. Ularga qonunchilik qoidalari qayta-qayta tushuntirilishi kerak. #SurishKerak kayfiyatida bo’lganlar, chet elda doimiy yashovchi yoki fuqarolikni qabul qilgan fuqarolar haqida aniqroq ma’lumotga ega bo’lishdan birinchi navbatda hukumat manfaatdor. Bunday ma’lumotni esa #ishonch va #ochiqlik ustiga qurilgan munosabatlarsiz olib boʻlmaydi.
Be the first to comment