F-1 talaba vizasi bilan Amerikada ishlash mumkinmi?

F-1 talaba vizasi bilan Amerikaga kelgan talabalar cheklangan ishlash huquqiga ega.  Ishlashni niyat qilgan F-1 talabasi quyidagi holatlarni/shartlarni e’tiborga olishi kerak:

1. On-campus Employment nima?

  • F-1 talabasi universitet hududida yoki uning tashqarisida, ammo universitet faoliyati bilan bog‘liq ishlarda haftasiga 20 soatdan oshmaydigan ishda ishlashi mumkin. Bunga “on-campus employment” deyiladi.
  • Masalan, universitet hududida bo‘lgan ishlarga universitet hududi ichidagi kafelar, sport zallari, kompyuter xonalari yoki kitob do‘konida ishlash kiradi. Universitet tashqarisida, ammo uning faoliyati bilan bog‘liq ishlarga (“educationally affiliated off-campus employment”) universitet tashqarisida bo‘lgan, ammo u bilan hamkorlik qilayotgan ish joylarida (masalan, tadqiqot markazi) ishlash kiradi (On-campus employment haqida batafsil ma’lumot uchun 8 CFR 214.2(9)(i) qarang).
  • Sizni o‘qishga taklif qilgan universitatda qaysi ishlar «On-campus employment» ekanligini aniq o‘rganish uchun universitetning «International Student Services» (Chet ellik talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi) bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin

2. Severe Economic Hardship nima?

  • Amerikaga F-1 talaba vizasi bilan kelganingizdan keyin favqulodda xodisalar tufayli moliyaviy holatingiz keskin o‘zgarishi natijasida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelsangiz, universitet hududidan tashqarida (off-campus) har qanday ishda ishlashga ruxsat olishingiz mumkin. Buning uchun siz USCISga murojaat qilishingiz kerak.
  • E’tibor bering, qiyinchiliklar favqulodda xodisa tufayli ro‘y berayotgan bo‘lishi kerak.
  • Severe Economic Hardship asosida ishlashga ruxsat olmoqchi bo‘lgan F-1 talabasi universitetda eng kamida bir o‘quv yili (one academic year) tahsil ko‘rgan bo‘lishi kerak

3. F-1 talabasi necha soat ishlashi mumkin?

  • «On-campus employment» uchun o‘qish vaqtida (“when school is in session”) ishlash haftasiga 20 soatdan oshmasligi kerak. Ammo ta’til vaqtida (“when school is not in session”) 40 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
  • «Severe economic hardship» holatida USCIS sizga “off-campus” ishlashga ruxsat bersa ham, on-campus va off-campus amalga oshiriladigan ish faoliyati o‘qish mobaynida 20 soatdan oshmasligi kerak. Bordiyu 20 soatdan ko‘p ishlashni istasangiz, USCISdan alohida ruxsat olish talab etiladi. Ta’til mobaynida 40 soatgacha ishlash mumkin.

4. Yakuniy maslahatlar

  • Agar o‘qish davomida ishlash niyatingiz bo‘lsa, hujjat topshirishdan oldin universitet xodimidan albatta chet ellik talabalar ishlashi uchun qanday imkoniyatlar bor ekanligini so‘rab oling. Chunki ba’zi kichikroq universitetlarda bunday imkoniyat umuman yo‘q.
  • Ishlashni niyat qilganingizdan keyin, barcha masalalarni universitetning “International Student Services” bo‘limi bilan maslahat qilishni unutmang.
  • Amerikada ishlash uchun “Social Security Number” (SSN) nomli hujjatingiz bo‘lishi kerak. Mazkur hujjatni olishga sizga universitetning “International Student Services” bo‘limi ko‘mak beradi/yo‘l-o‘riq ko‘rsatadi.
  • Nufuzli universitetlarda hamisha ish topish mumkin. Tezroq ish topish uchun universitet hududa faoliyat ko‘rsatayotgan barcha ish joylariga borib, birma-bir ochiq ish o‘rni borligi haqida so‘rang. Ko‘pincha kafelar, sport zallar, kompyuter xonalar yoki kitob do‘konlarida hamisha ish bo‘ladi.

F-1 talaba vizasi bilan Amerikada ishlash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun 8 CFR 214.2(9)(i) qarang.

8 Comments

    • Amerikada o’qishni tamomlaganingizdan keyin yo’nalishingiz bo’yicha ishlashingiz mumkin. Unga Optional Practical Trianing (OPT) deyiladi. Bu ruxsat ko’pincha bir yilga beriladi. Mazkur muddatdan keyin ham ishlamoqchi bo’lsangiz boshqa ruxsat turlariga murojaat qilishingiz kerak (masalan, h1B, EB2, va hkz.). Omad!

  1. Hi. I am interesting in it. How can I start something. I am study in Agriculture university. Please contact me. I would like to work in the USE. I am 23 years I have not married.

    • Dear Samandar,
      We have several articles about studying in the U.S. Please read them closely and start implementing what is advised in those articles.
      Good luck!
      Mirakmal

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*