Grin karta g’oliblarining harajatlari qoplanadimi?

Har yili minglab vatandoshlar Grin karta dasturi orqali AQShga immigratsiya qilyapti. Savol tug’iladi, Grin karta egalariga hukumat qanday yordam beradi? Ularga ish va turar-joy bilan taminlanadimi? Yoki bo’lmasa AQShga yaqinda kelganlarga hukumat oyoqqa turib olishga qanday yordam beradi?

AQSh hukumati  DV lotoreyasi g’oliblariga moliyaviy yoki boshqa biror ko’rinishdagi, masalan, safar xarajatlari, ish topish, sog’liqni saqlash, uy-joy topish va kira pulini to’lash bo’yicha hech qanday  yordam bermaydi. Aksincha, DV lotoreyasi asosida viza olish paytida, har bir lotoreya g’olibi AQShda ishlab, yashab keta olishga qodirligi va AQShda davlat qaramog’iga tushib qolmasligini isbotlashi kerak. Buning uchun shaxsiy hisobingizda qancha miqdorda pul va boshqa mulkingiz mavjudligini, AQShdagi qarindosh yoki tanishlaringizdan I-134 formasi “Yordam Tasdiqnomasi” (Affidavit of Support) va/yoki AQShdagi ish beruvchidan ishga taklifnoma kabi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi vebsahifasida Grin karta haqida tez-tez so’raladigan savollarga javoblar va DV lotoreyasi yo’riqnomasida boshqa savollaringizga javob topishingiz mumkin.

Grin karta bilan Amerikaga kelayotganlar safar harajatlari, ish va turar-joy bilan ta’minlanmasa ham, ular uchun ilk oy va yillarda as qotadigan boshqa dasturlar mavjud. Shulardan bir nechtasini sabab o’tamiz:

  1. Supplemental Security Income (SSI): Bu imtiyoz asosan kam ta’minlangan nogiron va yoshi 65 yoshdan katta bo’lgan kishilar uchun mo’ljallangan.
  2. Supplemental Nutrition Assistance Program (SNAP): Xalq tilida “Food Stamps” yoki “Food Supplement Program” deb bilinadi. Bu imtiyoz kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqatlar sotib olishga moliyaviy yordam beradi.
  3. Temporary Assistance for Needy Families (TANF): Ba’zi shtatlarda “Temporary Cash Assistance” deb atalishi mumkin. Mazkur dastur doirasida, yosh farzandi bo’lgan oilalarga naqt pul to’lovo ko’rinishida yordam beriladi.
  4. Medicaid: Bu dastur tekin yoki arzonlashtirilgan tibbiy yordam xizmatlaridan foydalanish uchun mo’ljallangan.
  5. Children’s Health Insurance Program (CHIP): Ushbu dastur hali 19 yoshga to’lmaganlar va kam daromadli homilador ayollarga tekinga tibbiy yordam xizmatlari ko’rsatish uchun ishlab chiqilgan.
  6. Affordable Care Act (ACT): Xalq tilida “Obamacare” deb ham bilinadi. Mazkur dastur barcha rezidentlarni sog’liq sug’urtasi bilan ta’minlashga qaratilgan. Sug’urta bo’yicha oylik to’lovlar daromadingizga qarab belgilanadi.

Mazkur dasturlar haqida siz istiqomat qilayotgan shtat hokimiyati vebsahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin (Masalan, Merilend va Nyu York). Ko’pincha turli imtiyoz dasturlari umumlashtirilib “Public Assistance Program” deb ataladi.

Agar ingliz tilini hali yaxshi bilmasangiz, sizga tegishli ma’lumot rus tilida berilishini (imtiyozlar haqidagi hujjatlar asosan rus tiliga tarjima qilingan) yoki sizga tarjimon ta’minlanishini iltimos qilishingiz mumkin.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*