* Ushbu blogda chop etiladigan ma’lumotlar rasmiy huquqiy maslahat emas. Immigratsiya huquqi bo’yicha savolingiz bo’lsa advokat yo’llashni tavsiya qilamiz.

Nima haqida?

Mazkur blog Amerikaga immigratsiya qilish va immigrantlarning huquq va erkinliklari haqida umumiy ma’lumot berib borish uchun ochildi.

Kim uchun?

Blog AQShga immigratsiya qilish va immigrant huquqlari haqida bo’lgani sababli, asosan AQShga immigratsiya qilmoqchi bo’lgan va bugungi kunda AQShda istiqomat qilayotganlar uchun mo’ljallangan.

Blogdan maqsad?

Blogdan maqsad Amerikaga immigratsiya qilayotgan vatandoshlarga immigratsiya jarayonini osonlashtirish va AQSh hayot tarziga tezroq moslashishlariga ko’mak berish.

Fikr qanday tug’ildi?

Muallif AQShga 11 yil oldin immigratsiya qilgan. Bu vaqt mobaynida u immigrant sifatida immigratsiya jarayoni va qiyinchiliklari bilan yaqindan tanishgan, ko’plab boshqa immigrantlar dardiga quloq solgan va immigrantlar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishlarini yaqindan o’rgangan. Immigrantlar boshidan kechiradigan qiyinchiliklar bir-biriga o’xshash bo’lgani sababli, muallif immigrant hayotini osonlashtiradigan ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kengroq omma bilan baham ko’rishni niyat qildi.

Blog muallifi kim?

Blog muallifining ismi Mirakmal Niyazmatov. Toshkentda tug’ilib katta bo’lgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha o’qigan.  Keyinchalik AQShda huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha o’qishni davom ettirdi. Hozirgi kunda Merilend shtatining Betezda (Bethesda, MD) shahrida istiqomat qiladi.