The Dip: Sabotning ahamiyati haqida

#Sabot: #SethGodin‘ning #TheDip kitobi haqida o’tgan yili yozgan edim. Unda barchamiz, hususan xorijda yurgan #Vatandoshlar uchun foydali mulohazalar bor.

Kitobda Seth Godin quyidagi savolga javob qidiradi: 𝐁𝐢𝐫 𝐢𝐬𝐡 (𝐯𝐚𝐳𝐢𝐟𝐚, 𝐦𝐚𝐬𝐥𝐚𝐤 𝐯𝐚 𝐡𝐤𝐳.) 𝐮𝐬𝐭𝐢𝐝𝐚 𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐬𝐡𝐝𝐚 𝐪𝐚𝐜𝐡𝐨𝐧 𝐬𝐚𝐛𝐨𝐭 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡 𝐯𝐚 𝐪𝐚𝐜𝐡𝐨𝐧 𝐯𝐨𝐳 𝐤𝐞𝐜𝐡𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤?

Bu savol #UzbekImmigrant’larni ham ko’p qiynaydi. Chet elga kelgandan keyin albatta muvaffaqiyatga erishishni xohlaymiz. Shu sababli qo’shnimiz yoki tanishimiz faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni ko’rib, biz ham shu ish bilan shug’ullanishni istaymiz. Boshlaymiz ham. Boshida zavqli ko’rinadi. Ammo bir oz vaqt o’tib mashaqqat va qiyinchiliklar davri boshlanadi. Godinga koʻra bu #WhenToStick davri, ya’ni bardosh berish, sabot qilish davri. Diagrammadagi chuqur, ya’ni “#TheDip” aynan shu davrni ifodalaydi.

Chuqurdan chiqishni uddalagan kishigina, samara ko’ra boshlaydi va oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishadi. Chuqurdan chiqolmagan kishi esa bardosh berolmay voz kechadi.

#Amazon yoki #Ebay’da savdo qilish oson ko’rinishi mumkin, ammo savdoni yo’lga qo’yib olguncha o’ziga yarasha jiddiy sabot va bardoshni talab qiladi.

IT sohasi ham shunday. Atigi 6 yoki 12 oylik kurslarni bitirsam, yiliga 60K-80K’lik ish topishim mumkin, deb o’ylaymiz. Ammo buni uddalash uchun IT sohasidagi “chuqur”lardan (mantiq asoslarini o’rganish, intizom bilan davomli coding mashqlarini bajarish va hkz.) sabot bilan o’tish kerak.

«Qorin ketkazish» uchun sport bilan shug’ullanishni boshlaymiz, ammo birinchi haftaning haypidan keyin “chuqur” (muskul og’rig’iga qaramasdan intizom bilan davom etish, dietaga e’tibor berish, mashqlar og’irligini orttirib borish va hkz.) davri boshlanadi. Shu payt tashlab qo’ysangiz, unda natijaga erishmaysiz. Bardosh berib, “chuqur”dan chiqib olgan kishi sog’lig’ini tiklay boshlaydi, qorindan ham sekin-asta qutiladi.

Godin #WhenToQuit (Qachon voz kechish kerak) savoliga ham yaxshi javob beradi. Bir ishda davomli ishlayapsiz, ammo hayotingizda na yaxshi, na yomon tomonga o’zgarish bor. 3, 5, 7 yil avval qanday bo’lgan bo’lsa, hozir ham shunday. Bunday holatlarni Godin “Boshi berk ko’cha” (#CulDeSac) deb ataydi. Muallifga ko’ra bunday holatga tushgan kishi undan tezroq chiqib ketishi kerak.

Nazarimda Uber/Lyft haydovchilari yoki Home Attendant bo’lib ishlaydiganlar bu guruhga kiradi–nasibaga yarasha daromad bor, ammo kasbiy o’sish yo’q, daromad ham o’sha-o’sha.Kitob qisqa, lo’nda yozilgan, bir o’tirishda tugatasiz. Tekinga PDF versiyasini ham topishingiz mumkin. Tavsiya qilaman.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*