
#AtomicHabits: Hozir o’tgan yili o’qilgan quyidagi kitobni qayta ko’rib chiqyapman. Bu kitob #KundalikOdatlar haqida. James Clear’ga ko’ra, nimani takrorlasak, shunga ega boʻlamiz («You get what you repeat.»). Demak, odatga aylangan kundalik harakatlarimiz bizni yo muvaffaqiyatga, yo jiddiy muammolarga yetaklaydi.
#Odatlar‘ning zarari yoki foydasi uzun muddatda namoyon bo’lgani uchun, ularga ko’pincha e’tibor bermaymiz. Shu sababli, foydali odatlar vaqtni do’stimizga aylantirsa (#GoodHabits make time your ally), zararli odatlar vaqtni dushmanimizga aylantiradi (#BadHabits make time your enemy). Masalan, har kuni sigareta chekishga odatlanib qolgan kishi zararini oylar o’tsa ham ko’rmaydi, ammo bir necha yildan keyin tish, o’pka, yurak ishdan chiqadi.Yoki, har kuni Netflix’dan bitta kino tomosha qilish zararsiz ko’rinishi mumkin, ammo bir haftada foydasi nolga teng bo’lgan ishga o’rtacha 10 soat vaqt sarf qilgan bo’lamiz. Bir oyda esa 40 soat. Har kuni hech bo’lmaganda 5 bet kitob o’qish odati ahamiyatsiz koʻrinishi mumkin, ammo bu odatga rioya qilgan kishi bir yilda 1800 bet o’qiydi (taxminan 8-10 kitob).
#JamesClear yaxshi odatni o’rganmoqchi bo’lgan kishiga juda koʻp foydali maslahatlar beradi. Eng asosiysi, quruq orzu qilishdan voz kechib («ozishim kerak» yoki “ingliz tilini o’rganishim kerak”), kim bo’lmoqchi ekanligingizni aniq belgilab oling, deydi. Masalan, shaxs sifatida aynan qanday o’zgarishni aniqlab olganingizdan keyin (“Men sog’lom bo’lmoqchiman.”), kichik bo’lsa ham aniq harakatlarni bajarishni boshlang. Kitob o’qishim kerak deb niyat qilish o’rniga, har kuni 3 bet boʻlsa ham kitob o’qing. Ozishim kerak o’rniga, har kuni 500 metr bo’lsa ham yurishdan boshlang. Muhimi, bu harakatlarning davomiy bo’lishi. Natijada, vaqt o’tib siz niyat qilgan shaxsiyat, kishilik, xususiyat shakllanadi, chunki “Your identity emerges out of your habits. Every action is a vote for the type of person you wish to become.”
Kitobning qolgan qismi yomon odatlardan qanday qutulish, yaxshi odatlarni qanday o’zlashtirish haqida. Tavsiya qilaman. Siz qaysi harakatni odatga aylantirishni istaysiz? Qaysi odatdan qutulmoqchisiz?
Be the first to comment