
Quyida berilgan ma’lumot Pensilvaniya shtati qoidalariga ko’ra tayyorlandi. Agar siz boshqa shtatdan turib ishsizlik yordamiga murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, tegishli idoraga murojaat qilishingiz kerak.
Ishsizlik kompensatsiyasi nima?
Ishsizlik kompensatsiyasi (unemployment compensation) hukumat yoki kasaba uyushmasi tomonidan ishsiz qolganlarga to’lanadigan to’lov. Hukumat bu to’lovni bir necha oy yoki kishi ish topguniga qadar to’lashi mumkin.
Ishsizlik nafaqasi koronavirus tufayli ish soati qisqargan yoki umuman ishini yo’qotgan kishilarga to’lanishi mumkin.
Ishsizlik kompensatsiyasi olingan taqdirda, kishi kelajakda davlat zimmasiga yuk (public charge), deb topilishi mumkinmi?
Hozirgi koronoavirus pandemiyasi davridagi ishsizlik nafaqasi uchun murojaat qilgan kishi davlat zimmasiga yuk deb topilmaydi.
Qanday hujjatlar kerak bo’ladi?
Ishsizlik kompensatsiyasi uchun kerak bo’ladigan hujjatlar ro’yxati:
- Ijtimoiy sug’urta raqami (Social Security card)
- Uy manzili
- Telefon raqami va elektron pochta manzili (email)
- Grin karta yoki Alient number raqami
- Agar siz oxirgi 18 oy davomida federal hukumat ishida ishlagan bo’lsangiz, unda SF-8 Unemployement Compensation Form)
- Ish beruvchining to’liq nomi
- Ish beruvchining to’liq manzili, telefon raqami
- Siz ushbu ish beruvchida ishlagan birinchi va oxirgi sanalaringiz
- Agar mavjud bo’lsa, oxirgi ish haftangizdagi daromadingiz
- Ishni tark etganingiz yoki agar ishlayotgan bo’lsangiz, kamroq ishlayotganingiz sababi
- Agar siz kollej, universitet yoki maktabda ishlagan bo’lsangiz – shartnoma shartlari ko’rsatililadi.
- Ishdan bo’shatish to’lovini olganda: nafaqa miqdori (agar sizda bo’lsa)
- So’nggi 18 oy ichida ishlagan barcha ish beruvchilaringizning ismlari va manzili (boshqa shtatda ishlagan bo’lsangiz ham), bu ish joylarida birinchi va oxirgi ish kunlaringiz
- Bank hisobingiz (direct deposit) haqida ma’lumot
- Bank nomi va manzili
- Bank telefon raqami
- Bank hisob raqami va bank hisob varag’i raqami (account and routing number)
Ishsizlik kompensatsiyasiga murojaat qilish tartibi qanday?
1. Vebsayt orqali (hozirgi vaziyatda arizani vebsayt orqali topshirish eng ma’qul yo’li)
2. Xat orqali, application to’ldirib
3. Qo’ng’iroq qilish yoki tashkilotga borish orqali.
Vebsayt orqali arizani qanday topshirish mumkin?
Ariza topshirish uchun, quyidagi linkka kirib, “File Online” tugamasi orqali yuborishingiz mumkin.
Agar siz oldin qanday online to’ldirish mumkinligini mashq qilib ko’rmoqchi bo’lsangiz quyidagi linkka bosing:
E’tibor bering, yuqoridagi link bu namuna xolos. Unda raqamlarni aniq kiritmay balki pushti rangni ustiga bosib, qanday savollar arizada borligini va keyingi qismlar nimadan iboratligini bilib olishingiz mumkin. Biroz bo’lsada online ariza qandayligi haqida tushuncha hosil qilgach keyin yuqoridagi linkka qayta kirib ya’ni bunga https://www.paclaims.pa.gov/UCEN/Welcome.asp
“File Initial Claim” tugmasini bosib, arizangizni to’ldirasiz.
Shundan keyin greencard@pa.gov elektron manziliga hujjatlarning kopiyalari yuboriladi. Quyidagi hujjat kopiyalarini yuborishingiz kerak:
- Ijtimoiy sug’urta raqami – Social Security card (oldi va orqa tomoni)
- Krin karta (oldi va orqa tomoni)
Email orqali yashash manzilingiz, telefon raqamingiz va qisqacha koronavirus tufayli ish-soatlari qisqargani yoki umuman ish yo’qotganingizni bildirishingiz mumkin.
Barcha talab etilgan ma’lumot bitta email orqali yuborilishi kerak.
Arizani to’ldirgandan keyin nima qilish kerak?
Ariza to’ldirgach, electron manzilingizga “confirmation number,” ya’ni arizangiz tegishli joyga borib tushganligi to’g’risada tasdiqnoma keladi.
Undan so’ng electron manzilingizga keyingi jarayon haqida ma’lumot va PIN raqami yuboriladi. Ushbu PIN raqami va social security raqamingiz orqali arizangiz natijasini online kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun UC saytida onlayn hisob ochtirishingiz mumkin.
Sizga qo’ng’iroq qilish orqali va/yoki email jo’natish orqali bog’lanib sizga taqdim etiladigan to’lovni qay tarzda qabul qilishingiz bildiriladi.
Keyinchalik, emailizda ketma-ket xatlar keladi. Sizdan qo’shimcha ma’lumot, hususan qaysi sanalarda ishlaganingiz so’ralishi mumkin. Bunga “Biweekly Claim” deyiladi. Bunda siz birinchia murojatingizdan tashqarihozirgacha bo’lgan o’zgarishlarni kiritishingiz kerak bo’ladi. Talab etilgan ma’lumotlarni albatta so’ralgan muddat ichida taqdim etishingiz kerak. Taqdim etilgan ma’lumot bo’yicha sizga to’gridan-to’gri bank orqali yoki uyingizga karta jo’natish orqali yordam puli olasiz.
Qolgan barcha kerakli ma’lumotlar bevosita sizga doimiy email yoki xat orqali yuboriladi.
Ushbu material Oydinoy Nazarova tomonidan tayyorlandi. Nazarova JFCS Refugee & Immigrant Services (https://isacpittsburgh.org) tashkilotida Service Coordinator bo’lib ishlaydilar. Bog’lanish uchun telefon raqami 412-295-1097. Elektron manzil onazarova@jfcspgh.org.
Be the first to comment