$100 StartUp: Amerikada kichik biznes yuritish sirlari

Amerikada biznes

#Immigrant’lar orasida #SideHustle, ya’ni qo’shimcha #daromad haqida o’ylamaydigani juda kam. Aksariyati asosiy ishidan tashqari boshqa tirikchilik bilan ham shug’ullanadi. Quyidagi kitob $100 bilan Amerikada kichik biznes boshlash haqida. $100 bir oz mubolag’a albatta, ammo umuman olganda juda yaxshi maslahatlar berilgan.

Kitob muallifi Kris Gillebo (Chris Guillebeau) 1500’dan ortiq #ishbilarmonlar bilan suhbat qilgan. Ishbilarmonlarning barchasi quyidagi to’rt talabga ko’ra tanlab olingan:

1) sevimli mashg’uloti biznesga aylangan;

2) ish boshlash uchun eng ko’p $1,000 kerak bo’lgan;

3) alohida mahorat/daraja kerak bo’lmagan;

4) biznes yiliga eng kamida $50,000 daromad keltiradi.

Kitobda #biznes boshlash va yuritish uchun juda ko’p maslahatlar berilgan. Eng asosiy to’rttasi esa quyidagilar:

[1] #Passion: Biznesni yoqtirgan mashg’ulotingizga bog’lang (masalan, gul parvarishlash, mashina tuzatish, duradgorlik, dasturlash, tikuvchilik va hkz.);

[2] #Value: Siz qiziqqan mashg’ulot boshqalar uchun foydali bo’lishi kerak (masalan, yaxshi mashina ustasi yoki duradgor hamisha kerak);

[3] #Action: O’ychining o’yi bitguncha, tavakkalchining ishi bitadi. Biznes ustida ko’p o’ylamang. Duradgorlik sevimli mashg’ulotingizmi, Craigslist’ga “Carpenter/Custom furniture” deb e’lon bering, tanishlaringizga ayting. Tikuvchilikni sevasizmi, Craigslist’ga “Custom tailoring/alterations” deb e’lon bering, tanishlaringizga xabar bering, buyurtma olishni boshlang.

[4] #Sell: Birinchi oldi-berdini iloji boricha tezroq amalga oshiring, chunki birinchi ish uchun haq olganingizdan keyin, bozorda talabni his etasiz, ishni davom ettirish uchun ko’proq g’ayrat ko’rsatasiz.

Kitob 7 yil avval yozilgani tufayli kichik biznesni yuritishda #IjtimoiyTarmoqlar‘dan (hususan Instagram, Pinterest, Facebook, YouTube) unumli foydalanish haqida ma’lumot berilmagan. Menimcha kichik biznes uchun #SocialMedia suvdek zarur.

#Fikringiz: Siz qanday fikrdasiz? Yuqorida aytilganlarga qo’shilasizmi? Oramizda sevimli mashg’ulotini biznesga aylantirganlar bormi?

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*