2018 yil daromad soli’gi: savol va javoblar

Benjamin Franklinga ko’ra bu dunyoda o’lim va soliqlardan boshqa hech narsa muqarrar emas («In this world nothing can be said to be certain, except death and taxes.«). Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bu gapda jon bor ekanligini yaxshi bilishadi. Sababi, Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar qat’iy ijro etiladi. Soliq to’lamagan yoki bila turib soliq to’lashda yolg’on daromad/xarajat ko’rsatgan kishi bir kun kelib albatta javobgarlikka tortiladi.

Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan masalalar juda murakkab bo’lgani sababli, fuqarolarning aksariyati tegishli qoidalarni yaxshi tushunmaydi va natijada soliq to’lashda jiddiy xatolarga yo’l qo’yishi mumkin.

Daromad solig’i haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lish uchun Murad Goziev bilan bog’landik. Murad Goziev Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan biri bo’lmish Duke University’da MBA (Master in Business Administration) yo’nalishi bo’yicha tahsil olgan. U Amerikada jismoniy va yuridik shaxslarga buxgalterlik va soliq xizmatlari ko’rsatish uchun talab etiladigan sertifikat egasi—Certified Public Accountant (CPA). Quyida daromad solig’i bilan bog’liq bo’lgan savollarga mutaxassis bergan javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

AQSh hukumati daromad soliqlarini qanday to’playdi?

AQShda federal, shtat va mahalliy hukumat daromad solig’ini yig’ish vakolatiga ega. Amerikada federal soliq yig’ish vazifasi Internal Revenue Service (IRS) idorasiga yuklatilgan. Ko’pgina shtatlar, ba’zi shaharlar vs boshqa ma’mumriy hududlarda ham daromad solig’i mavjud. Quyida beriladigan javoblar asosan federal daromad soliqlari haqida.

Rezident va norezident kim?

Soliq to’lash qoidalariga ko’ra rezident holati immigratsiya qonunchiligida mavjud bo’lgan rezident tushunchasidan farqlidir. Soliq maqsadi uchun rezidentlarga doimiy rezidentlardan tashqari ish vizasida va boshqa immigratsiya holatida Amerikada uzoq muddatda yashayotgan shaxslar ham kiradi.

2018 yil Soliq reformasi

2017 yil 2 Noyabrda tasdiqlangan Soliqni Kamaytirish va Ish Joylar Qaroriga (Tax Cut and Jobs Act of 2017) ko’ra soliq savkalari kamaytirildi va bir qancha imtiyozlar tubdan o’zgartirildi. Ushbu kamaytiriilgan soliq stavkalari 2027 yildan 2018 yildan oldingi darajaga qaytadi, ya’ni bu soliq kamaytirilishi vaqtinchalikdir.

Kim va qanday holatlarda soliq deklaratsiyasini to’ldirishi kerak?

Agar shaxsning yil davomida olgan darmoadi belgilangan miqdordan oshsa, bunday shaxs soliq deklratsiyasini to’ldirishi shart. Bu miqdor IRS tomonidan har yili e’lon qilinadi va odatta soliq qonunchiligidan kelib chiqqan holda inflatsiyaga moslab oshiriladi. Daromadi belgilangan miqdordan kam bo’lgan ayrim shaxslar, yil davomida IRS tomonidan ushlab qolingan soliqni qaytib olish (tax refund), bolalari va ularning ta’lim olishlari uchun turli soliq imtiyozlarini olish maqsadida deklaratsiya topshirishlari mumkin. Quyidagi jadval ushbu miqdorlarni ko’rsatadi:

Ushbu jadvalga mustasno sifatida yakka tartibda ish yurituvchilar va kontrakt hizmatchilari daromadi $400 dan oshganda deklaratsiya to’ldirishi shart. Agar soliq to’lovchi boshq soliq to’lovchi qaramida bo’lsa unda yuqoridagi miqdorlar yana ham kamaytririladi. Shunigdek boshqa kam uchraydigan holatlarda ham soliq deklaratsiyasini to’ldirsh kerak. Agar biror shaxs deklaratsiya to’ldirish yoki to’ldirmaslik haqida aniq xulosaga kela olmasa, mutahassisga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek 1040 formasining ko’rsatmalari (1040 Instructions) bilana ham tanishib chiqish tavsiya etiladi. 

Soliq deklaratsiyasida qanday daromad turlari ko’rsatilishi kerak?

Bir nechta istisnoni hisobga olmaganda (masalan, soliqdan ozod etilgan munitsipal obligatsiyalar), AQShda federal soliq har bir daromad ko’rinishidan olinadi. Hatto chet elda olingan daromad ham deklaratsiyada ko’rsatilishi kerak. Soliq deklaratsiyasida ko’rsatiladigan daromadlarga quyidagilarni kiritish mumkin: oylik maosh; choychaqa (tips); foiz va dividend daromadi; qimmatbaho qog’ozlarni olib sotishdan tushgan daromad; aliment tushumi; hususiy tadbirkorlikdan olingan daromad; nafaqa va rejalashtirilgan yillik daromad (annuity); ishsizlik nafaqasi; ijtimoiy ta’minot nafaqasi; mukofot puli; lotoreya va boshqa yutuqli o’yinlardan olingan pul-buyum mukofotlari. Shuningdek, soliq qonunchiligiga ko’ra noqonuniy yo’l bilan olingan pul-buyumlar ham deklaratsiyada ko’rsatilishi kerak.

Yil davomida qancha daromad ko’rganimni qanday bilsam bo’ladi?

Oylik maosh olib ishlaydigan shaxslarga ish beruvchilar tomonidan har yilning 31 yanvarigacha W-2 formasi taqdim etilishi kerak. Shu forma qancha maosh olinganligi va qancha soliq ushlab qolinganiga asos bo’ladi. Kontrakt ishda ishlovchilar esa 1099 formasini olishadi. Boshqa daromad turlari olinganda ham tegishli tashkilotlar tomonidan turli formalar beriladi. Masalan, foiz daromadlari haqida bank 1099-INT, dividend daromadlari haqida brokerlik agentligi 1099-DIV va shu kabi formalar beriladi. Hususiy tadbirkorlik bo’yicha ish yuritayotgan shaxslar esa tushum hisobini o’zlari yuritishi kerak. Hamda ular bank hisobi, paypal va boshqa turdagi to’lov tizimliaridan foydalangan bo’lsalar, ushbu tizim hisobot formalari ham tushum asosi bo’la oladi.

Qaysi daromadga soliq solinadi (taxable income)?

Yuqorida aytib o’tilgandek, 1040 formasi daromadning qaysi qismi soliqqa solinishini aniqlaydi. Ushbu formada barcha daromad ko’rsatilgandan keyin, qonunda ko’zda tutilgan chegirmalar, imtiyozlar ham aniqlanadi. Barcha daromaddan ushbu chegirma va imtiyozlar olingandan so’ng soliqqa tortiladigan daromad va soliq miqdori aniqlanadi.

Qancha soliq to’lashim nimaga bog’liq?

Qisqacha qilib aytganda bu umumiy daromad miqdoriga bog’liq. Soliq deklaratsiyasining eng asosiy formasi bu 1040 forma hisoblanadi. Yuqorida aytilgandek, barcha ko’rinishdagi daromadlar ushbu 1040 soliq formasiga kiritaldi. Ushbu formani to’ldirish orqali soliq qonunchligida e’tirof etilgan chegirmalar va imtiyozlar qo’llanilgandan keyin soliqqa tortiladigan miqdor aniqlanadi. Qo’shimcha daromad turlari va turli soliq holatlariga ushbu 1040 ga biriktiriladigan ikkilamchi formalar ham bor. Masalan, ajratilgan chegirmalar (itemized deductions) uchun Schedule A formasi, foiz va dividend daromadlari 1,500 dan oshsa Schedule B va shu kabi formalar to’ldiriladi.

Soliq imtiyozlari va chegirmalari nima?

Soliq qonunchiligiga muvofiq, soliq to’lovchilarga turli imtiyozlar mavjud.

2018 yildan boshlab standard chegirma miqdorini ko’paytirish bilan, shaxsiy chegirma (personal exemption) bekor qilindi.

Standart chegirma (standard deduction) daromadni soliq maqsadi uchun ma’lum bir miqdorga kamaytirishga imkoniyat beradigan miqdor. Bu soliq to’lovchining soliq to’lash holatiga qarab belgilanadi. Masalan oilaviy va birga soliq deklaratsiyasi to’ldirayotgan shaxslar $ 24,000 gacha ko’paytirildi, yakka tartibdagi va oilaviy lekin alohida soliq to’lovchilar uchun esa bu $ 12,000. Oila boshliq’gi uchun esa 18,000 deb belgilandi..

Ajratilgan chegirmalar – ayrim harajatlar ham daromaddan chegirib olinishi mumkin. Ushbu chegirilishi mumkin bo’lgan harajatlarga tibbiy hizmatlarga to’langan pul, shtat va mahalliy ma’muriyatlarga to’langan daromad solig’I, uy va mulk solig’I, ipoteka kreditiga to’langan foiz harajatlari, hayriya hadyasi va shu kabi xarjatlar kirad. Shuni ta’kidlash lozimki, yoki standart chegirma yoki alohida ro’yhatdan o’tgan chegirmani olish mumkin. Ajratilgan chegirma odatta standard chegirmadan ko’p bo’lsa uni ishlatish kerak bo’ladi va bu standard chegirma o’rniga olinadi. 2018 yildan standard chegirma miqdori oshganligi sababli bu mahalliy soliq, mulk solig’I va ipoteka harjatlarinin 10,000 oshmagan qismini chegirish mumkin bo’ladi.

Shungdek bu chegirmalardan boshqa imtiyozlar ham mavjud. Bunday harajatlarga tibbiy hizmat uchun mahsus jamg’armaga o’tkasizlgan pul, hususiy tadbirkorlarning o’z-o’ziga ishberish solig’i va tibbiy sug’urta harajatlari, aliment to’lovi, hususiy nafaqa hisob raqamiga o’tkazilgan pul va student kreditlaridan to’langan foiz harajatlari va boshqa harajatlar kiradi.

Soliq kreditlar ham qo’shimcha imtiyozlarning yana bir ko’rinish bo’lib, bu holda ushbu kreditlar soliqni birga bir kamaytiradi. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun ishlatilgan harajatlar, farzand uchun soliq krediti, va ayrim holatlarda nafaqa uchun o’tkazilgan pul uchun soliq kreditlari olish mumkin. Chet elda uzoq muddat yashab, daromad olayotgan shaxsalr ham chet elda to’landgan soliq uchun kredit olishi mumkin.

Er-xotin soliq deklaratsiyasini birga topshirishlarining afzalligi nimada?

Oilalik soliq to’lovchilarning ko’p qismi birga soliq deklaratsiyasi to’ldirishi manfaatli, lekin ayrim hollarda alohida deklaratsiya to’ldirish kamroq soliq to’lashga sabab bo’lishi mumkin. Lekin er-xotin alohida deklaratsiya to’ldirganda ayrim imtiyozlardan foydalana olmaydilar. Bunday imtiyozlarga daromad solig’idan kredit, ta’lim olish uchun kredit, bolalar krediti va  asrab olish harjatlari krediti kiradi. Shu sababli kamroq soliq darajasinini va aytib o’tilgan imtiyozlar yo’qotilishi hisobga olinishi kerak.

Nimaga ba’zi hollarda to’langan soliq qaytarib beriladi?

Ma’lumki, soliq bir yil davomida ishlanga daromdga qarab belgilanadi. Odatta yil davomida ish beruvchi hizmat haqidan taxminiy hisoblangan soliq ushlab qoladi. Agar shu soliq ko’proq ushlanib qolgan bo’lsa, IRS ortiqcha to’langan soliqni qaytarib beradi. Bu soliqni ko’p to’langanligiga turli qo’shimcha imityozar, soliq chegirmalari va boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Masalan, bolalar uchun beriladigan soliq krediti soliq qaytarib berilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Oxirgi soliq to’lash kuni qachon?

Soliq deklaratsiyasini topshirish muddati har yili 15-aprel kuniga belgilanadi. Agar bu kin bayram yoki shanba/yakshanba kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda keyingi Dushanbagacha suriladi. 2019 yilda soliq topshirish muddati 15 aprelda. Turli sababga ko’ra bu muddatni uzaytirishni IRSdan talab qilish mumkin (4868 formasini to’ldirishingiz kerak), lekin hamma soliq shu muddatgacha to’langan bo’lishi kerak. Agar deklaratsiya topshirilgan vaqta soliq kam to’langani aniqlansa, shaxslar soliq kech to’langanligi uchun qo’shimcha foiz to’laydi.

Daromad solig’ini to’lamasam nima bo’ladi?

Soliq deklaratsiyasi 15 aprelgacha to’ldirib, soliq ham shu vaqtda to’lanadi. Agar soliq to’lovchi deklaratsiyani ushbu muddatdan keyin, lekin IRSning ruhstati bilan to’lasa, kech  to’langan soliq miqdoridan foiz to’lanadi. Agar ruhsat olmasdan kech to’lansa foizdan tashqari kech deklaratsiya topshirish jarimasi ham to’lanadi. Deklaratsiya to’ldirmaganlik uchun jarima odatta soliqni kech to’langanlik jarimasidan yuqori bo’ladi. Soliq deklaratsiyasini kech to’lash jarimasi odatta bir oyga soliqning kech to’langan miqdoridan 5% deb baholanadi. Bu foiz to’lovi ushbu miqdorning 25% oshmaydi. Deklaratsiyani to’ldirib lekin soliq kech to’lansa ushbu yetmagan miqdorning 0.5% jarima tariqasida belgilanadi. IRS soliq deklaratsiyasinin 3 yilgacha audit qilish huquqiga ega. Agar bunda deklaratsiyada daromad hatosi 25% dan oshsa, ushbu audit 6 yilgacha uzaytirilishi mumkin. IRS odatta 10 yilgacha soliqlarni undirsh huquqiga ega, bunda ular oylik to’lovidan ushlab qolish (wage garnishment) uslubini qo’llashi mumkin. Agar soliq deklaratsiyasi ataylab yuqori miqdorda noto’g’ri to’ldirlgan bo’lsa IRS sudga murojaat qilib fuqarolik yoki jinoiy javobgarlikka tortishi ham mumkin.

Soliq deklaratsiyasini o’zim to’ldirsam bo’ladimi?

Soliq deklaratsiyasini soliq to’lovchining o’zi to’ldirsa ham bo’ladi. Bir oz murakkab soliq holatida mutahassisga murojaat qilish lozim. Faqat litsenziyalik advokat, CPA va Enrolled Agent mutahassislari IRS oldida shaxslarni manfaatini himoya qilish huqugiga ega. Qolgan soliq deklaratsiya to’ldirish uchun yordam bera oladigan mutahassislar esa bunday vakolaga ega emas. Shuningdek daromadi $ 54,000 dan kam bo’lgan va oddiy deklaratsiyalar uchun ko’ngillik mutahassislar bepul yordam berishi mumkin. Quyidagi IRS web sahifasidan (Free Tax Return Preparation), 800-906-9887 telefoni orqali va shungdek mahalliy kutubxondalardan ham bu haqda ma’lumot olish mumkin.

Hususiy tadbirkorlar uchun soliq to’lash tartibi qanday?

Hususiy tadbirkor yakka tartibda ish yuritayotgan bo’lsa daromad solig’i deklratsiyaga kiritiladi. Bunda qo’shimcha Schedule C formasidan foydalanadi. Hususiy tadbirkor ish yuritish uchun kerak bo’lgan harajatlarni asosiy qismini yalpi tushumdan ayirib tashlash oraqali soliq qonunchiligidagi imtiyozlardan foydalanishi mumkin. Eng asosiysi ushbu tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning hamma hisobi yuritilib, ularga bog’liq barch hujjatlar va kvitantsiyalarni saqlab qo’yich kerak.

Kim soliq bo’yicha mutahassisga murojaat qilgani afzal?

Soliq bo’yicha mutahassisga istalgan shaxs murojaat qilishi mumkin. Asosan soliq to’lash holati murakkab bo’lgan shaxslar, hamda Amerikaga yangi kelgan immigrantlarga mutahassisga muroajaat qilish tavsiya etiladi. Soliq to’lash mutahassisi hizmati ayrim hatolar oldini olishi va kelajakda soliq qonunchiligidan to’g’ri foydalanishga strategik maslahat ham berishi mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, CPA va EA mutahassislari Federal Soliq organlarida sizni huquqingiz himoya qilish huquqiga ega. Bunday sertifikati bo’lmagan soliq formasini to’ldiruvchilar bunday huquqga ega emas.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*