
Grin kartaga (Green Card) ega bo’lish kishiga Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Grin kartaning rasmiy nomi “Doimiy rezident kartasi” (Permanent Resident Card), u 10 yilga beriladi. Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini saqlab qolish uchun grin karta muddati tugashidan oldin uzaytirilishi kerak.
Grin kartani yangilash uchun qachon ariza topshirsa bo’ladi?
Grin karta muddati tugashiga 6 oy qolganda yangi grin karta olish uchun ariza topshirish mumkin. Masalan, grin kartangiz muddati 2018 yil 15 sentyab oyida tugasa, yangi grin karta olish uchun arizani taxminan 2018 yil 16-18 martdan boshlab topshirishingiz mumkin.
Grin kartani yangilash uchun qaysi hujjatlarni to’ldirish kerak?
Grin kartani yangilash uchun I-90 forma deb ataladigan hujjatni to’ldirishingiz kerak (Form I-90, Application to Replace Permanent Resident Card). I-90 formasini onlayn topshirish ham mumkin (onlayn to’ldirish uchun).
I-90 formasini qayerga yuborishim kerak?
To’ldirilgan I-90 formasini quyidagi manzillardan biriga yuborishingiz kerak (quyidagi ma’lumot o’zgarib turadi, eng to’g’ri ma’lumot uchun USCIS veb sahifasiga murojaat qiling):
Agar I-90 formasini USPS orqali yuborayotgan bo’lsangiz:
USCIS
P.O. Box 21262
Phoenix, AZ 85036
Agar I-90 formasini FedEx, UPS, yoki DHL orqali yuborayotgan bo’lsangiz:
USCIS
Attention: I-90
1820 E. Skyharbor, Circle S, Floor 1, Suite 100
Phoenix, AZ 85034
I-90 formasini topshirish uchun nech pul to’lash kerak?
2018 yil 7 mart holatiga ko’ra, I-90 formasini topshirish uchun $455 davlat boji (Filing fee) to’lashingiz kerak. Bundan tashqari, biometrik xizmatlar uchun $85 to’lanadi. Agar davlat bojini chek yoki money order bilan to’lamoqchi bo’lsangiz, to’lov “U.S. Department of Homeland Security” nomiga amalga oshirilishi kerak. Agar davlat bojini kredit karta bilan to’lamoqchi bo’lsangiz, unda G-1450 formasini to’ldirishingiz kerak (Form G-1450, Authorization for Credit Card Transactions).
Yakuniy maslahatlar
2016 yilgi statistik ma’lumotlarga ko’ra, grin kartani yangilash uchun topshirilgan arizalarni rad etish yil sayin ortib bormoqda. Yiliga taxminan 20 000 ariza rad qilinadi. I-90 formasini to’ldirishda xatolarga yo’l qo’yish ariza rad etilishining eng asosiy sababi. Bunda eng ko’p qo’yilayotgan xatolar noto’g’ri formani to’ldirish, formani noto’g’ri to’ldirish, va tegishli joyga imzo qo’ymaslik (immigratsion formalarni to’ldirishda eng ko’p qo’yilayotgan xatolar haqida bu yerda yozganmiz).
Be the first to comment