
Uzbek Immigrant’ning Facebook sahifasi faoliyat boshlaganiga ikki oy to’ldi. Birinchi oy faoliyatimiz sarhisobi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Quyida esa febral oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
- Postlarimizni necha kishi ko’rdi (Reach) – 16,387 (yanvar oyida 10,086 edi)
- Postlarimizga necha kishi munosabat bildirdi (Engagement) – 12,889 (yanvar oyida 6,912 edi)
- Muxlislar soni (Likes) – 1,978 (yanvarda 1,380 edi)
- Kuzatuvchilar soni (Followers) – 2,134 (yanvarda 1,449 edi)
- Taqrizlar (Reviews) – 39 kishi 5 ustidan 5 baho, 1 kishi esa 4 baho berdi ( yanvar oyida jami 7 kishi 5 ustidan 5 baho bergan edi).
Eng ko’p o’qilgan maqolalar (“post clicks” soni):
- AQSh aeroportida ilmoqli savollar (979 marta)
- UBER haydovchilariga 10 maslahat (700 marta)
- AQShda magistratura: Ikromjon To’xtasinov bilan suhbat (686 marta)
- Immigratsion formalar: 5 xatoga yo‘l qo‘ymang ( 513 marta)
- F-1 talaba vizasi bilan Amerikada ishlash mumkinmi? (243 marta o’qilgan)
Yanvar oyida eng ko’p o’qilgan maqola (Amerikada qimmatga tushadigan 4 xato) 542 marta o’qilgan edi.
Uzbek Immigrant Facebook sahifasi va blogini kuzatib borayotganingiz uchun sizga KATTA rahmat! Faoliyatimiz va sizning hissangiz o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlik bor. Shunday ekan, bundan buyon faoliyatimizni qanday yaxshilash haqida fikr-mulohazalaringizni kutamiz.
Salomatlik tilab,
Mirakmal, Uzbek Immigrant
Be the first to comment