
Grin karta lotereyasiga ariza topshirganingizdan keyin sizga darhol elektron tasdiqlov raqami yuboriladi.
Siz saralanganligingizni bilish uchun Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasidan foydalanishingiz kerak. DV-2018ga topshirgan arizangiz maqomini 2017 yil 2-maydan to 2018 yil 30-sentyabrgacha E-DV www.dvlottery.state.gov veb sahifasidagi Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasi (Entrant Status Check) orqali tekshirishingiz mumkin. Tegishli ma’lumotni kiritganingizdan keyin arizangiz saralanganligi yoki saralanmaganligi haqida ma’lumot chiqadi.
Tabiiyki, arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasiga (Entrant Status Check) kira olishingiz uchun tasdiqlov raqamingiz (Confirmation number) bo‘lishi shart. Bordiyu tasdiqlov raqamingizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, AQSh elchixona va konsulliklari hamda Kentukki Konsullik Markazi (Kentucky Consular Center) sizning maqomingizni tekshirish yoki tasdiqlov raqamingizni sizga bevosita taqdim etish imkoniyatlariga ega emaslar.
Ammo, tasdiqlov raqamingizni Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasi (Entrant Status Check) orqali qayta tiklashingiz mumkin. Buning uchun elektron manzilingizni tekshiring. Tasdiqlov raqami elektron manzilingizga yuborilgani sababli, tegishli xat «Inbox/Входящие» bo‘limida bo‘lishi kerak. Bordiyu adashib tasdiqlov raqami xatini o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, xatni «Deleted/Удаленные» bo‘limidan qidiring.
Shunda ham tasdiqlov raqamini topa olmasangiz, quyidagilarni bajaring:
- Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasiga kiring (Entrant Status Check);
- “Continue” tugmasiga bosing;
- Quyidagi sahifa ochilgandan keyin, «Forgot Confirmation Number» ustiga bosing?
4. Yangi ochilgan sahifada so‘ralgan barcha ma’lumotlarni birma-bir kiriting;
5. Agar barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritsangiz, tasdiqlov raqamingiz tiklanib, sizga yuboriladi.
Man malumotlarni kiritsam confirmation code olamaybaman. Bowqa yollari yomi uni😊. Oldindan raxmat
asalomu alaykum Menin ismim Muhammadyusuf men grin kartaga tolgza olmayabman iltmosyordam berilar bladgonlar bosa …thank.you??yo debla turbdi yordam bervorilar 916044657 shu nomerga tel qvorilar aloh slardan rozi bolsin…………
Samarqand viloyati pastdarg’om tumani uzbekiston jamoa xujaligi quqoni maxallasi dustlik kuchasi 16 uy