
Hozir Amerikada daromad solig’ini to’lash vaqti. Barcha rezident va norezidentlar joriy yilning 17-apreligacha daromad solig’ini to’lashlari kerak (Income tax filing). Nyu York shahrida Urban Upbound nomli nodavlat tashkiloti faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tashkilotda malakali mutaxassislardan daromad solig’ini to’lash va umuman soliqlar bo’yicha bepul yordam olishingiz mumkin.
Urban Upbound nima?
Tashkilotning maqsadi Nyu York shahridagi kam daromadli va davlat tomonidan yordamga muhtoj kishilarga amaliy yordam berish orqali jamiyatda qashshoqlikni oldini olish. Tashkilot kam ta’minlangan yoshlar va oilalarga bir necha yo’nalishda yordam ko’rsatadi: Bandlik xizmatlari (Employment services), moliyaviy masalalar bo’yicha maslahatlar (Financial counseling), daromadni boshqarish xizmatlar (Income support services) kabi xizmatlar.
Daromad solig’ini topshirish bo’yicha xizmatlar uchun haq olinadimi?
Urban Upbound hukumat dasturi bo’lib, davlat tomonidan moliyalashtiriliadi. Agar 2017 yilda topgan daromadingiz $64.000dan kam bo’lsa, daromad solig’ini to’lash bo’yicha xizmatlar uchun ham olinmaydi. Urban Upbound’da sizga tekinga soliq xizmatlari ko’rsatiladi. Bunda qayta to’lanadigan soliq to’lovlari (tax refund) sizga to’liq topshiriladi.
Mutaxassislarning malakasi qanday?
Urban Upbound’da yuqori malakali mutahassislar ishlaydi. Barchasi IRS tomonidan sertifikatlangan bo’lib, soliq masalalari, hususan daromad solig’i, bo’yicha malakali xizmat ko’rsatadilar. Soliq formalari mutaxassis tomonidan tayyorlanadi va rahbar (supervisor) tomonidan tekshiriladi.
Sizga o’zbek va rus tillarida xizmat ko’rsatilishini istasangiz, Urban Upbound’ning Bruklindagi ofisiga borishingiz mumkin. U yerda ikki yuqori malakali vatandoshimiz ishlaydi: Guzal Mirpulatova (Supervisor) va Mukarram Qahramonovna (Supervisor Assistant).
Soliq xizmatlari ko’rsatilishi uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Daromad solig’ini to’lash bo’yicha formalarning to’ldirilishi uchun Social Security Card (SSN) va haydovchilik guvohnomasi kabi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Identification Card) olib kelishingiz kerak. Agar Amerikadagi maqomingiz norezident bo’lsa (masalan, Amerikada L, F, yoki H vizasi asosida istiqomat qilayapsiz), unda passport va viza hujjatlarini olib kelishingiz kerak. Agar hujjatsiz immigrant bo’lsangiz, unda ITIN (Individual Tax Identification Number).
Mutaxassis maslahatiga qanday yozilish mumkin?
Daromad solig’ini topshirish bo’yicha Urban Upbound mutaxassislari yordamidan foydalanish uchun quyidagi manzillarning biriga kelishinigiz mumkin:
- Dushanba kunlari soat 10:00dan 17:00gacha: Congressman Hakeem Jeffries, Central Brooklyn District Office, 445 Neptune Ave, Brooklyn, New York 11224. Telefon raqami 718-373-0033;
- Seshanba va payshanba kunlari soat 10:00dan 17:00gacha: Brooklyn Public Library, 1901 Mermaid Ave, Brooklyn, NY 11224. Telefon raqami: 718-265-3220;
- Chorshanba va juma kunlari 11:00dan 19:00gacha: Urban Upbound, 12-15 40th Ave, Long Island City, NY 11101. Telefon raqami: 718-784-0877.
Be the first to comment