Yo’qolib ketadigan kasblar va IT sohasining kelajagi

Mehnat bozoriga tegishli hisobotlarga ko’ra, kelasi yillarda AQShda Informatsion texnologiyalar (IT) sohasidagi ishlarga talab ortib boraveradi. IT sohasidagi ishlarning kelajagi haqida ZiyoTek treyning kompaniyasining asoschilari bo’lmish Zafarjon Roostamov va Mamur Azimov bilan suhbat qildik. Zafarjon SES Networks’da yetakchi infratuzilmalar muhandisi bo’lib ishlaydi. Mamur esa Bloomberg Law’da yetakchi Linux muhandisi bo’lib ishlaydi. Ular ZiyoTek treyning kompaniyasiga asos solib, vatandoshlarga Linux bo’yicha kurslar taklif qilishmoqda.

Bu ikki mutaxassisga ko’ra, IT sohasidagi rivojlanishlar hisobiga, turli-tuman kasb-hunarlar keyingi 20 yil ichida yo’q bo’lib ketish arafasida. Buning sabablari orasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:

  • Texnologiya, ayniqsa sun’iy aql texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida misli ko’rilmagan darajada rivojlanib ketti. XX-asrning 80-yillarida shaxsiy kompyuterlarning kundalik hayotimizga kirib kelishi va Internetdan keng foydalanish turli kompyuter dasturlarining jadal rivojlanishiga asosiy turtki bo’ldi;
  • XXI asrning boshlarida Internet tarmoqlariga ixtisoslashgan IT kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar va Internet qidiruv tizimining rivojlanishi (Google, Yahoo va hkz.), sun’iy aql jihozlarining ishlab chiqarilishi (smartfonlar, tabletlar va hkz), Internetdan foydalanish arzonlashishi sotuvchi va xaridor o’rtasidagi chegaralar tabora yoqolib borishiga sabab bo’lmoqda;
  • Yuqoridagi sanab o’tilgan ixtiro va texnologiyalar tufayli barcha internet foydalanuvchilari o’zlariga kerakli ma’lumotlar va xizmatlarga bepul yoki o’ta arzon narhda ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Yuqorda sanab o’tilgan va boshqa sabablar tufayli, quyida sanab o’tiladigan kasblarga ehtiyoj tabora kamayib boradi:

Professional yengil va og’ir yuk tashuvchi mashinalar haydovchilari (Truck Drivers)

Hozirda AQSHda 20 milliondan ortiq professional haydovchilar mavjud bo’lib, ularning katta qismi o’z-o’zini avtomatik ravishda boshqara oladigan yengil va yuk mashinalari bilan almashtirilishi kutilmoqda. Jumladan, bu sohada jahonning eng yetakchi avtokompaniyalari allaqachon izlanish va sinovdan o’tkazish jarayonini boshlagan (Tesla, Mercedes, VW, Volvo, Honda). Tesla kompaniyasi esa haydovchisiz elektr yuk mashinalarini sekin asta bozorga olib kirishni boshladi. Shu bilan birga, fermerlar ham allaqachon aqlliy o’z-o’zini boshqara oladigan traktorlardan foydalanishni boshladi.

– Kassirlar

Hozirgi kunda AQSHning o’zida 8 milliyondan ko’p kishi kassir bo’lib ishlaydi Kassirlar vazifasini to’liq bajara oladigan tizim ustida ish ketayapti. RFID (Radio-frequency identification) yordamida oldi-sotti ishlarini masofadan turib, hech qanday naqd pul ishlatmasdan amalga oshirish mumkin bo’ladi (Cashless payments). Yoki bo’lmasam, self-check out (kassir yordamisiz, naqd pul ishlatmasdan tovarlarni masfadan sotib olish) va yaqinda ochilgan Amazon dukonlari kelajakda umuman kassir yordamisiz faoliyat ko’rsatadi.

Bulardan tashqari, ZiyoTek asoschilariga ko’ra quyidagi kasblar ham to’laligicha avtomatlashtiriladi:

  • Sayohat agentlari (onlayn savdo hisobiga)
  • Ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilar (robotlar hisobiga)
  • Dispetcherlar (avtomatizatsiya hisobiga)
  • Bank kassirlari (avtomatizatsiya hisobiga)
  • Tez ovqatlanish (fast-food) korxonalari ishchilari (avtomatizatsiya hisobiga)
  • Qurilish ishchilari (avtomatizatisya, 3D printerlar orqali qurish hisobiga)

Yuqorida keltirilgan texnologiyalar va ularni ishlab chiqaruvchi/boshqaruvchi mutaxassislarga talab yuzlab millionni tashkil etishi kutilmoqda. Talabning katta bo’lishi esa bu sohadagi kasb-hunarlarga beriladigan ish haqining ham yuqori bo’lishi bildiradi. Qizig’i, IT sohasida ish boshlash uchun oliy ma’lumot talab etilmaydi. Universitetni bitirmagan bo’lsangiz ham Bootcamp (maxsus kasb-hunar tayyorlov kurslari) va 6-9 oylik o’quv kurslarini tamomlab, IT sohasida ish boshlashingiz mumkin.

IT sohasi juda keng tarmoqlik va o’ta ixtisoslashgan bo’lib, hozirgi kunda eng talabgor bo’lgan ixtisosliklar quyidagilardir: Networking, Security, Linux Administration, Windows Administration, Virtualization Administration, Cloud Computing and Administration, IT Infrastructure Administration, Firewall and Security, Data Base Administration, QA Testers, Software Developers, Coders.

Agar yuqorida sanab o’tilgan ixtisoslik bo’yicha qisqa muddatli kurslarda o’qishni istasangiz, ZiyoTek treyning kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin. ZiyoTekda 6-oylik Linux Administrator kurslari mavjud. Mazkur maktabning o’nlab talabalari IT sohasida ish toptilar.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*