
AQShga immigratsiya qilishning keng qo’llaniladigan yo’llaridan biri bu Grin Karta lotoreya dasturidir. Mazkur dasturning rasman “Turli millatlarga mansub immigrantlar visa dasturi” (“Diversity Immigrant Visa Program” yoki “Diversity Visa”) deb ataladi.
DV-2018 Lotoreya Dasturi arizachilari lotoreya natijalarini elektron DV vebsaytida 2018-yil 30-sentyabrgacha tekshirishlari mumkin. Eslatib o’tamiz, DV-2018 Lotoreya Dasturiga ariza topshirish 2016-yil 4-oktyabrdan 2016-yil 7-noyabrgacha davom etgan edi.
Lotoreya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotoreyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati (Submission Confirmation) kerak bo’ladi. Arizachi Maqomini Tekshirish (Entrant Status Check) lotoreyada yutgan yoki yutmaganligingizni bilish uchun:
- dvlottery.state.gov vebsaytiga tashrif buyuring; va
- Tasdiq xatida sizga berilgan tasdiq nomerini vebsaytga kiriting.
Agar lotoreya g’oliblaridan biri bo’lsangiz, vebsayt sizga ushbu bosqichdan keyin nima qilish kerakligi haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.
Agar tasdiq xatini yo’qotgan bo’lsangiz, lotoreya natijasi haqida ma’lumot olishning boshqa iloji yo’q. Kentaki Konsullik Markazi (Kentucky Consular Center) arizachilarga tasdiq xatini qayta yubormaydi. Shuning uchun ham tasdiq xatini ishonarli joyda saqlab qo’yish o’ta muhim hisoblanadi. Email manzilingizni tekshirib ko’ring, chunki barcha tasdiq xatlari avtomatik tarzda email manzilingizga yuboriladi.
DV Dasturida qancha kishi g’olib bo’lishi mumkin?
DV 2018 Dasturi uchun 50 ming viza ajratilgan. DV lotoreyada g’oliblik sizga viza olishni kafolatlamaydi, bu shunchaki viza olish uchun maqomingiz yaroqli ekanligini bildiradi. Viza olish ehtimolini orttirish uchun, lotoreyada g’olib deb topilganingizdan keyin darhol viza hujjatlarini tayyorlashga kirishing. Aks holda, viza hujjatlarini o’z vaqtida yoki tezroq tayyorlab ulgurmasangiz, ajratilgan 50 ming viza tugab ketishi va siz lotoreya g’olib bo’lsangiz ham, viza ololmasligingiz mumkin.
Lotoreya natijalaridan so’ng, viza olish uchun qancha vaqt ketadi?
DV 2018 lotoreya g’oliblari faqatgina 2017-yil 1-oktabrdan 2018-yil 30-sentabrgacha bo’lgan muddat oralig’ida viza olish uchun hujjat topshirishlari mumkin. Viza olishni belgilangan muddatdan keyinga surishga ruxsat berilmaydi. 2018-yil 30-sentabrgacha viza olib ulgurmagan g’oliblar keyingi yil viza olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Shuningdek, arizachiga hamroh bo’lgan arizachinig er/xotini va farzandlari ham yuqorida ko’rsatilgan muddat ichida viza olib ulgurishi shart.
Lotoreya natijalaridan so’ng g’olib arizachi uylansa nima bo’ladi?
DV lotoreyasini yutgandan so’ng arizadagi maqomlardan birortasi, masalan, yashash joyi o’zgarsa, turmush qursa/uylansa, farzandli bo’lsa, g’olib Kentaki Konsullik Markazini bu haqda xabardor qilishi lozim.
Bundan tashqari, g’olib eri/xotini yoki yangi tug’ilgan farzandi uchun immigratsiya bojini to’lashi kerak. Arizaga qo’shilgan yangi a’zo ham DS 230 formasini to’ldirishi lozim.
Turli xil qallobliklarning oldini olish uchun AQSh hukumati lotoreya natijasidan so’ng uylangan/turmush qurgan g’oliblarni jiddiy tekshiruvdan o’tkazadi.
Lotoreya g’olibi AQShda bo’lsa, muhojirlik maqomini AQShdan turib o’zgartirishi mumkinmi?
AQShda bo’lgan lotoreya g’oliblari AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatiga (USCIS) ariza topshirib, AQShda doimiy yashovchi maqomini olishi mumkin. Ariza bir muncha uzoq vaqtga cho’zilishi mumkin. Bu muddat davomida arizachiga va unga arizada hamroh bo’lganlarga (eri/xotini, rafiqasi) ishlash uchun ruxsat beriladi va sayohat hujjatlariga ega bo’lishi mumkin.
Lotoreya natijalari chiqqan paytda g’olib xorijiy davlatda bo’lsa, qanday vizaga hujjat topshirishi kerak?
Xorijda bo’lgan g’olib AQShning xorijdagi konsullik bo’limi yoki elchixonasida muhojirlik vizasi uchun hujjat topshirishi mumkin. G’olib viza olish uchun hujjatlarni topshirsagina belgilangan miqdordagi bojni to’lashi lozim bo’ladi.
AQSh konsullik muassasasida viza uchun hujjat topshirgan har bir arizachi va unga hamroh bo’lgan oila a’zolari DV amal qilishi uchun va muhojirlik vizasi bojini to’lashi lozim bo’ladi.
Viza olish uchun ariza g’olib tug’ilgan davlatdagi yoki oxirgi yashayotgan xorijiy mamlakatidagi AQSh elchixonasi yoki konsullik muassasasida topshirilishi kerak. Xorijiy davlatda viza uchun hujjat topshirayotgan g’oliblar Kentaki Konsullik Markazidan belgilangan viza uchrashuvidan 4 dan 6 haftagacha oldin bo’lgan muddatda uchrashuv belgilanganligi haqida xat oladi.
Xorijda turib vizaga hujjat topshirish jarayoni AQShda turib muhojirlik maqomini o’zgartirish jarayoniga qaraganda qisqa vaqt oladi.
AQSh hukumati DV lotoreyasi g’oliblariga moliyaviy yoki boshqa ko’rinishdagi ko’mak beradimi?
AQSh hukumati DV lotoreyasi g’oliblariga moliyaviy yoki boshqa biror ko’rinishdagi, masalan, safar xarajatlari, ish topish, sog’liqni saqlash, uy-joy topish va ularga to’lash bo’yicha hech qanday yordam bermaydi. Muhojirlik vizasini olish paytida, har bir g’olib AQShda ishlab, yashab keta olishga qodirligini va AQSh davlati yordamiga tayanmasligini isbotlashi lozim bo’ladi. Buning uchun shaxsiy hisobingizda qancha miqdorda pul va boshqa mulkingiz mavjudligini ko’rsatishingiz, AQShdagi qarindosh yoki tanishlaringizning sizga yuborgan ish taklif xatlarini ko’rsatishingiz lozim bo’ladi.
Qo’shimcha ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin – 2018 yil Turli millatga mansub immigrantlar vizasi Dasturi (DV-2018) Yo’riqnomasi
Grin karta javobini bilolmayapman qanday bilsam boladi