Amerikaga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz

Har yili minglab vatandoshlarimiz chet elga, hususan AQShga immigratsiya qiladilar. “Immigratsiya” deyilganda chet elga doimiy ravishda ko’chib ketish nazarda tutiladi. G’arb davlatlariga istiqomat qilish va ishlash uchun ko’chib borish ilk qarashda zavqli ko’rinsa ham, ko’p holatlarda bu jarayon o’ziga hos moliyaviy, ruhiy, va ma’naviy qiyinchiliklar bilan kechadi. AQShda qariyb 11 yildan beri yashab, ishlab kelayotgan huquqshunos sifatida, immigratsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni kamaytirish uchun quyidagi besh maslahatni berishim mumkin:

1. Immigratsiya qilishdan maqsad nima?

AQShga kelishdan oldin nima sababdan immigratsiya qilmoqchi ekanligingiz haqida jiddiy fikr-mulohaza yuriting. Masalan, O’zbekistonda amalga oshirish mumkin bo’lmagan orzuingiz bor bo’lsa, uni AQShda ro’yobga chiqarishingiz mumkinmi? AQShda kasbingiz va karyerangiz uchun qanday imkoniyatlar ochilishiga ishonasiz? Umuman olganda, AQShga immigratsiya qilish hayotingizga qanday mazmun qo’shishi mumkin.

2. Ingliz tilini o’rganing

Ona tilimizda muloqot qilish kundalik hayotimizning ajralmas qismi. Ammo AQShda tezroq ish topish uchun ingliz tilini bilishingiz shart. Vatandoshlarimiz boshidan kechiradigan eng asosiy qiyinchiliklar ingliz tilini bilmaslik bilan bog’liq. Universitetga kirish, qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o’qish, ish topish, davlat organlariga hujjatlarni topshirish, farzandlaringizni maktab va bog’chaga qayt ettirish kabi jarayonlar ingliz tilini bilmaganlar uchun qiyin kechadi. Shunday ekan, AQShga immigratsiya qilishni maqsad qilganingizdan so’ng, ingliz tilini o’rganishga bel bog’lang. Ingliz tilini bir oz bilsangiz, uni yanada mukammallashtiring (masalan, ingliz tilida «Amerikacha» gapirishni o’rganing [American English]).

3. Qaysi kasb-hunar bilan shug’ullanishingiz mumkinligini o’ylang

O’zbekistondagi kasb-hunaringiz yoki mansabingiz, shu bilan birga AQShga immigratsiya qilishdan ko’zlagan maqsadingiz nima bo’lishidan qat’iy nazar, AQShga kelganingizdan keyin ilk oylarda nima ish qilib pul topishingiz haqida bosh qotiring. Vatandagi kasbingiz AQShda hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Aksincha, O’zbekistonda e’tiborga ega bo’lmagan hunaringiz, AQShda tez ish topib, yaxshi daromad topishingizga eshik ochishi mumkin. Yoki bo’lmasa, qaysi yangi kasbni o’rganib, shu soha bo’yicha ishlashga fikran tayyor bo’ling.

4. Tanishlaringiz bilan maslahat qiling

AQShda siz taniydigan kishilar istiqomat qilayotgan bo’lsa, ular bilan aloqaga chiqib, AQShdagi hayot haqida savollar bering, sizni qiziqtirgan masalalar bo’yicha maslahat qiling. Hususan, qaysi shtatda yashash, ilk etapda qayerda va kim bilan yashash mumkinligi, ish topish imkoniyatlari, farzanglaringiz uchun yaxshi maktablar joylashgan mahallalar haqida so’rang, maslahat oling.

5. O’ta og’ir hayot shartlariga ma’nan tayyor bo’ling

Oldingizga aniq maqsad qo’ydingiz, ingliz tilini bilasiz, kasb-hunaringizga ishonasiz, shunday bo’lgan taqdirda ham AQShda siz kutmagan va oldindan hisob qilishingiz mumkin bo’lmagan talaygina jiddiy muammolar chiqadi. Masalan, ish tayyor, kelaver, deb aytgan do’stingizni AQShga yetib kelganingizdan keyin topa olmasligingiz mumkin. Oila va yaqinlaringizdan uzoqda bo’lish oson kechmaydi. Qiyin kunlarda O’zbekistonda bo’lgani kabi oila, qarindosh va do’stlaringiz ko’magi bo’lmaydi, barcha muammolaringiz bilan o’zingiz yuzma-yuz qolasiz. O’zbekistonda katta uyda istiqomat qilgan bo’lsangiz, AQShda ikki xonalik kvartiraga katta miqdorda kira to’laysiz. Umuman olganda, AQShdagi hayot tarzi, ish va mehnat qilish shartlari, va oilaviy hayotni e’tiborga oling va ular siz kutmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ma’nan va ruhan tayyor bo’ling.

Xullas, Amerikaga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz hech bo’lmaganda yuqorida tilgan olingan 5 maslahatga quloq tuting. Albatta, har bir kishining shaxsiy va/yoki oilaviy holatidan kelib chiqib AQShga immigratsiya qilishdan oldin e’tibor berish kerak bo’lgan holatlarning mazmun-mohiyati ham o’zgaradi.

Siz yana qanday maslahatlarni bergan bo’lardingiz? Masalaning amaliy jihatlari bilan bog’liq boshqa savollaringiz bormi? Shunday bo’lsa fikr-mulohazalaringizni quyida qoldirishingiz mumkin.

 

 

 

36 Comments

  1. Salomalekum! COMPUTER SCIENCE yo’nalishi bo’yicha AQSH da o’qish uchun qaysi fanlardan imtihon topshiriladi? Yoki SAT sertificatini o’zi yetarlimi?

    • Vaalaykum assalom. Agentliklar Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarga ishlashga yuborayotgan bo’lishi mumkin. Ammo AQShga ishlashga agentliklar yubora olmaydi. Bunday jarayonning o’zi yo’q. AQShga ishlashga kelish uchun maxsus viza olinishi kerak. Bu vizaning olinishida agentliklarning vazifasi juda va juda cheklangan. Bu jarayonda asosan ish beruvchi va advokat ishtirok etadi.

      • Avvalom bor assalom aleykum. Uzur sizga savol bilan murojat qilmoqchiman. Amerikaga green card o’ynalyapdi, mana shu green card ishonchlimi va yutib olganlar qanday yutib oladi va nima uchun yutib oluvchilarni haech qanday suxbat yoki imtihondan o’tkazishmaydi. O’zi bu o’yin kimlar tomonidan nazorat qilinadi. Javob uchun oldindan raxmat. Yunus.

        • Grin karta lotereya dasturi ishonchli. To’liq AQSh hukumatining tegishli idoralari tomonidan nazorat qilinadi.
          Yutib oluvchilar soni kamligining sababi bu yo’l bilan AQShga kelish uchun atigi 50 000 yaqin joy ajratilgan. Murojaat qiluvchilarning soni esa bir necha million.

    • Vaalaykum assalom, bu juda keng mavzu. Blogni kuzatib boring, immigratsiya jarayoni bilan bog’liq turli masalalarni yoritib boraman.

  2. Assalomu alaykum yaxshimisiz sovolim boridi. Man dasturchi muhandislikka o’qib mukammal o’rganib litsenziya osam ingliz tilini IELTS 6,5 gacha qisam amerikadan taklif osam bo’ladimi masalan ish beruvchiladan taklif olib amerikada kelish imkoni oshadimi? Keyin o’tta green kartani to’g’irlab oilamiyam opkesam bo’ladimi jovob uchun raxmat.

    • Vaalaykum assalom. Ish vizasini olish juda murakkab jarayon. Eng asosiysi sizni ishga olishni istagan ish beruvchi/sponsor kerak. Uzun vaqt va xarajatli jarayon.

  3. Assalomu alaykum, Mirakmal aka. AQShda oliy taʼlim juda rivojlangan. AQSh oliygohlarida oʻqish imkoniyatlari haqida bilganlarizni ulashing, iltimos

    • Vaalaykum assalom. Blogda Amerikada o’qish mavzusi bo’yicha eng kamida 4 maqola bor. O’qib chiqing, foydasi tegishiga ishonaman. Omad!

  4. Assalomu alaykum! Men dv 2020 ga green card yutganman, lekin administrative processing vaziyatidaman, 5 dekabr suhbatim bo’lgan, kecha status check qilsam refused yozuvi turibdi, lekin tagidagi izohda hali kuting, you will be informed degan bor, man tushunmay qoldim, bu denied mi yoki hali umid bormi?

  5. Assalomu Alaykum Mir akmal aka shu pandemic vaziyat bulgani uchunmi szga uxshagan akalarni bloglari kamayib boryapdi yane aynan usa ga borish buyicha har gapda inglizcha urganing deysiz akajon ingliz tili urganmasdan borib bulmasa odiy qatlam ketolmas ekanda dv dan tashqari ;(

  6. Assalomu Alaykum Mirakmal aka you tube kanalarda kurib qoldim Europaga viza,japan,kanada,avstralia,new Zealand visa olib chiqsa 100% usa ga viza olsa buladimi va usha turst viza bn usada rabochiy viza yoke qanaqadir green Cardga uxshagan viza turlariga uzgartirib olsa buladimi?

Leave a Reply

Your email address will not be published.


*